Bu sodir böldi. Ba'zi öquvçilarda şubha uyğongan bölsa-da, - birinçi rasmiy (muallif tomonidan ma'qullangan) iHoops servis-markazi Toşkent markazida öz eşiklarini oçdi. Bu boradagi barça batafsil ma'lumotlarni markaz direktori Husniddin Kamolov taqdim etdi.

Sizni şaharning boşqa xizmat körsatiş markazlaridan farqlab turadigan narsa nima?

«Biz Apple’ning kompaniya mahsulotlariga kafolatli xizmat körsatiş böyiça rasmiy sertifikatiga ega bölgan hozirça yagona markazmiz. Bizda şaharda resserlarimiz bor. Misol uçun, siz Beeline kompaniyasida «bizning hududimiz uçun» iPhone sotib olişingiz mumkin, ammo biz faqatgina kafolatli xizmat körsatiş huquqiga egamiz.» 

Kafolatlangan xizmatda smartfonning qayerda sotib olingani muhim ahamiyatga ega. Koreya yoki Dubayda Apple mahsulotlarini xarid qilganlar bilan nima böladi?

«Agar sizda MacBook yoki iMac bölsa, bu qurilmalarga Apple’da kafolat butun dunyo böylab tarqalgan. Bizga kompyuterni olib kelasiz va agarda bu kafolat holati bölsa, biz muammoni hal qilamiz. Smartfonlar, planşetlar yoki Apple Watch’ga kelsak, vaziyat bir oz farq qiladi. Uşbu mahsulot gadjyet qaysi mintaqaga möljallangan bölsa, öşa hududga köra xizmat körsatiladi. Misol uçun, Xitoyda iPhone sotib olgan bölsangiz, faqatgina Xitoy xizmat körsatiş markazlari sizga yordam berişi mumkin. Xuddi şu narsa iPad va Apple Watch uçun ham amal qiladi. Agar foydalanuvçi bizning mintaqamizga möljallangan iPhone’ni yillik kafolat bilan sotib olsa va u nuqsonli bölsa, unda biz uni yangisiga almaştirib beramiz. Jarayonning murakkabligi tufayli almaştiriş davri 15 dan 20 kungaça davom etadi. Umid qilamizki, bu muddat vaqt ötişi bilan sezilarli pasayadi.»  

Mintaqamiz uçun möljallangan smartfonlarni qayerdan sotib olsa böladi?

«Avval aytganimdek, Beeline ofisida, şuningdek, Elmakon dökonlari tarmoğida. Hatto «Malika»da şunday iPhone’lar bor. Qurilmada bizning mintaqamiz uçun kafolati bor yoki yöqligini oldindan aniqlab olişingiz kerak, yoki bizga qönğiroq qilsangiz, uşbu qurilma Özbekiston hududida xizmat körsatiş uçun möljallanganligini tekşirib köramiz. Biz mijozlarimiz haqida qayğurganimiz tufayli, buni qilişga tayyormiz.»