Bugun, 17 may kuni Özbekiston matbuot va axborot agentligida Özbekiston noşirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasining ta'sis konferensiyasi bölib ötdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ayni kunda respublikamizda 140dan ortiq naşriyot va 450dan ortiq kitob savdosi majmualari faoliyat körsatmoqda. Uşbu Assotsiatsiya kitob mahsulotlarini naşr etiş va xaridorlarga yetkaziş bilan boğliq barça masalalarni hal etuvçi mustaqil tuzilma sifatida iş boşlamoqda. Assotsiatsiya bir vaqtning özida aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş, bu jarayonlarni keng tarğib qiliş, naşr va savdo sohasidagi mavjud muammolarni örganiş va ularni bartaraf etişni öz oldiga maqsad qilgan.
– Bugungi kunda respublikamizda kitob mahsulotlari tarğibotini yanada kengroq amalga oşiriş, aholi, xususan, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning kitobga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida hukumat darajasida çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, – deydi Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori Laziz Tangriyev. – Bunga misol sifatida 2018 yil 16 may kuni Namangan viloyatining Norin tumanida mamlakatimizdagi ilk Matbuot va axborot-kutubxona markazining oçilganini keltiriş mumkin. Bundan közlangan asosiy maqsad viloyatda faoliyat yurituvçi kutubxonalar, kitob dökonlariga uslubiy yordam körsatişdan iboratdir. Bugun esa Agentlik tomonidan noşirlar va kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlari örtasidagi munosabatlarni tartibga soliş uçun Özbekiston noşirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasini tuziş taklif etilmoqda.
Alohida ta'kidlaş kerakki, Assotsiatsiya tomonidan kitob savdosiga ixtisoslaşgan kitob dökonlariga maxsus guvohnomalar berilişi joriy etiladi. Guvohnomaga ega bölgan tadbirkorlar doimiy ravişda kitob savdosi, naşriyot faoliyati, xorijiy davlatlarning kitob savdosidagi ilğor tajribalari bilan taniştiriladi va malakasi oşirib boriladi.

Yiğiliş iştirokçilari Özbekiston noşirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi raisligiga saylagan «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyoti direktori Erkin Abdurahmonov Assotsiatsiya tomonidan yurtimizdagi har bir kitob dökonida turişi şart bölgan adabiyotlar röyxati işlab çiqilişi zarurligini ta'kidladi:
– Öz navbatida, bu işni amalga oşiriş uçun barça noşirlar hamda kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlarining kuçlarini birlaştirişimiz lozim. Şuningdek, adabiyotlarni naşr etişda barça kitob dökonlarining umumiy buyurtmasini şakllantiriş orqali kitobning narxini pasaytirişga erişamiz. Assotsiatsiya noşirlar va kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar faoliyatiga aralaşmaydi, aksinça, kitob savdosini yaxşilaş uçun ham taşkiliy ham uslubiy kömak beradi.











