Qonun 7 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Noşirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: noşirlik faoliyatining erkinligi; kitobxonlik madaniyatini ommalaştiriş va oşiriş; mualliflik huquqlarini himoya qiliş; noşirlik faoliyati erkinligini suiiste'mol qilişga yöl qöymaslik.

Noşirlik faoliyati sub'yektlari öz faoliyatida mustaqildir, naşrga tayyorlangan qölyozmalarni va materiallarni senzuradan ötkazişga yöl qöyilmaydi.

Fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obröyiga putur yetkazuvçi, mazmuniga köra ularning şaxsiy hayotiga aralaşuv deb qaralişi mumkin bölgan naşrlarni hamda noşirlik mahsulotini çiqariş va tarqatiş taqiqlanadi.

Noşirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.

Noşirlik faoliyatining sub'yektlari quyidagilardan iborat: naşriyot; tayyorlovçi; buyurtmaçi; tarqatuvçi.
 
Noşirlik faoliyati xabardor qiliş tartibida amalga oşiriladi. Quyidagi hollarda xabardor qiliş tartib-taomillaridan ötiş talab etilmaydi:

  • davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar töplamlarini hamda boşqa hujjatlarni naşr etişda;
  • respublika ahamiyatiga ega bölgan nodavlat va notijorat taşkilotlari, şuningdek taşkilotlar, ta'lim va ilmiy muassasalar tomonidan öz faoliyati uçun zarur bölgan, ommaviy ravişda tarqatiş yoki qölyozma huquqi asosida köpaytiriş uçun möljallanmagan materiallarni naşr etişda;
  • ommaviy axborot vositalari uşbu ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari tomonidan çop etilganda.

Noşirlik mahsulotini tarqatiş şartnomalar asosida amalga oşiriladi.