Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi «Şaxsiy ma'lumotlar töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqdi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Hujjatda «şaxsiy ma'lumotlar», «şaxsiy ma'lumotlar bazasi operatori» tuşunçalari, şuningdek, şaxsiy ma'lumotlarni töplaş, saqlaş, qayta işlaş, yöq qiliş ta'riflari keltirilgan.
Şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş quyidagi maqsadlarda amalga oşiriladi:
şaxsiy hayot, şaxsiy va oilaviy sirlar daxlsizligiga bölgan huquqlarni amalga oşiriş;
ularning yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlaş;
ularning maxfiyligiga rioya etiş;
ularni taqdim etişga bölgan huquqni amalga oşiriş;
ularning noqonuniy ravişda qayta işlanişining oldini oliş.
Şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaşda insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilişi kerak. Qonun bilan axborotni yolğon yoki noqonuniy tarzda töplaş taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaş va himoya qiliş sohasida davlat tomonidan tartibga solişni amalga oşiradi. Ularni muhofaza qiliş davlat tomonidan kafolatlanadi, maxfiylik esa ma'lumotlar bazasiga qöşilgan sanadan boşlab 100 yil mobaynida ta'minlanadi.
Şaxsiy ma'lumotlardan faqatgina oldindan ularni töplaş maqsadi bildirilgan holda qöllaş mumkin, bunda ularning himoyasi zarur darajasida ta'minlangan bölişi kerak. Hujjatga köra, ma'lumotni qayta işlaş maqsadi özgarayotgan bölsa, şaxsiy ma'lumotidan foydalaniladigan şaxslar bunga rozi bölişi kerak.
Şaxsning roziligisiz uning şaxsiy ma'lumotlaridan foydalaniş taqiqlanadi. Istisno hollari - jinoiy iş doirasida, jinoiy faoliyatdan tuşgan mablağlarni legallaştirişga qarşi kuraşda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan ma'lumot qayta işlanişi, şuningdek, ma'lumotlarga kiriş imkoniyati oçiq bölganida.
«Şaxsiy ma'lumotlarni öz içiga olgan elektron axborot resurslarida şaxsiy ma'lumotlarni qayta işlaş va saqlaş xususiyatlari qonunga muvofiq belgilanadi», - deyiladi hujjatda.













