Samarqand şahrida Qozoğiston ta'limi kunlari boşlandi. Şu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida bölib ötgan tadbirda Qozoğiston Respublikasidagi 15ta oliy ta'lim dargohidan vakillar qatnaşdi. Bu haqda “Xalq sözi” yozmoqda.

Qayd etilişiça, Özbekistondan Qozoğistonga borib, oliy dargohlarda ta'lim oladiganlar uçun yaxşigina imtiyozlar mavjud. 

Masalan, Özbekistonda yaşovçi, şu yurtning fuqarosi bölgan qozoq millatiga mansub yigit-qizlar Qozoğistonda 100 foiz grant asosida öqiydilar. Boşqa millat vakillari esa 50 foiz imtiyozga ega. 

Umuman, uşbu yilda qöşni mamlakatdagi oliy ta'lim dargohlarida özbekistonlik 10 ming nafar öqişni xohlovçilar ana şunday imkoniyatlardan foydalanişlari mumkin.