Bugun «Uembli» stadionida «Çelsi» va «Mançester Yunayted» klublari Angliya Kubogi uçun bahs yuritişadi.

«Aristokratlar» Angliya çempionatini 5-örinda yakunladilar, demak Antonio Konte şogirdlarini 2018/19 mavsumida Çempionlar Ligasida körmaymiz. «Mançester Yunayted» esa 2-örinni egalladi va Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga yöl oldi.

Angliya Kubogi joriy mavsumida «köklar» «Norviç»ni penaltilar seriyasida mağlub etişdi. Keyin «Nyukasl» (3:0), «Hall» (4:0), «Lester» (2:1) va «Sauthempton»ni (2:0) mağlub etişdi. 

«Mançester Yunayted» Angliya Kubogida barça 5ta öyinida ğalaba qozondi. Raqiblar orasida eng kuçlisi «Tottenhem» edi. Joze Mourino şogirdlari unga qarşi öyinda irodali ğalabaga erişdilar.

«Çelsi» va «Mançester Yunayted» joriy mavsumda ikki marta bir-biri bilan duç keldi. Londonda «köklar» 1:0 hisobida ğalaba qozonişdi. 
«Old Trafford»da «Mançester Yunayted» 2:1 hisobida yutdi.

Bu jamoalarning sönggi 10ta öyinida «Çelsi» 5 marta, «Mançester Yunayted» 2 marta ğalaba qozongan. 3ta öyinda durang qayd etilgan.

Taxminiy tarkiblar:
Çelsi: Kurtua, Aspilikueta, Keyhill, Ryudiger, Kante, Fabregas, Mozes, Alonso, Villian, Azar, Morata.
Mançester Yunayted: De Xea, Bayi, Smolling, Djons, Matiç, Pogba, Valensiya, Yang, Lingard, Sançes, Lukaku.

Angliya Kubogi finali
19 may, London, «Uembli» stadioni
«Çelsi» –  «Mançester Yunayted»
Öyinning boşlaniş vaqti: 21:15
Hakam: Maykl Oliver (Angliya)