UYeFAning sobiq rahbari Mişel Platini 1998 yilgi jahon çempionatida Fransiya bilan Braziliya terma jamoalarini finalga qadar uçraşa olmaydigan qilib, guruhlarga ajratilganini tan oldi. 

"Biz 6 yil davomida jahon çempionatiga tayyorlanib, kiçik hiylalardan foydalanmasak bölmasdi. Boşqa mezbon davlatlar buni qilmaydi, deb öylaysizlarmi? Fransiya hamda Braziliya örtasidagi final barçaning orzusi edi", – dedi Platini. 

1998 yilgi finalda Fransiya Braziliyani 3:0 hisobida mağlub etgan edi. 

2015 yil Platini korrupsiya bilan boğliq muammolar sabab UYeFA rahbarligidan çetlatilgan edi.