Nissan kompaniyasi özining Nissan Energy Solar quyoşli tomi loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Engadget yozmoqda.

Nissan Energy Solar, Tesla kompaniyasining şunga öxşaş loyihasidan farqli ölaroq, faqat Buyuk Britaniyada sotilmoqda – bu yerda an'anaviy ravişda yomon ob-havo, tuman va yomğir kuzatiladi. Gap şundaki, Nissan Energy Solar quyoş tomlari yomon ob-havo şaroitida ham işlaydi, yaxşi ob-havo paytida yiğilgan energiyani esa özining Leaf akkumulyatorida saqlaydi. Batareyada saqlanadigan energiya nafaqat uyni quvvatlantiriş, balki NV200 va Nissan Leaf elektrokarlarini zaryadlaş uçun ham işlatilişi mumkin.
Nissan kompaniyasining quyoş batareyasi taxminan 5,2 ming dollar turadi, şu bilan birga, xaridor har yili elektr energiyasi uçun xarajatlarning 70 foizini tejaydi. Bundan taşqari, kompaniya har bir uy uçun buyurtmaçiga alohida tanlov taqdim etadi - bu holda batareyaning qiymati jiddiy ravişda qisqartirilişi mumkin.












