Farğona şahrida qiziq işlar bölyapti. Aholi qarşiligiga qaramay al-Farğoniy köçasidagi 7 qavatli uyning tomida mehmonxona qurilişi boşlangan. Bundan 3 yil avval ham tadbirkor xuddi şu uyning tomida mehmonxona qurişga hozirlik körayotgan bir paytda jiddiy qarşilikka uçrab, işni töxtatib qöygandi. Şu kunlarda tomdagi beton bölaklari olib taşlanib, yana mehmonxona qurişga kirişilgan.
Kun.uz muxbiri tahririyatga kelib tuşgan murojaatga asosan holatni örgandi:
Mehmonxona haqida ustalardan eşitdik...
“Tomdagi betonlarni olişyapti. Remont qilyapmiz deyişdi. Remont uçun bu betonlarni olişning nima keragi bor? Bu uyni uşlab turgan ustun bölsa. Törtta bolam bilan yaşayman mana şu tomning tagida. Yaşaşga qörqib qoldik. Nima qurilayotganini aytişmadi. Ustalardan eşitdik bu haqda. Aholining xabari yöq. Mustahkam bir yaxşi turgan beton bölaklarini “bolgarka”da kesib taşlaşdi. Tomga çiqsak, mana şunaqa ahvol. Inspeksiyani çaqirdik, prokuraturaga bordik. Prokuraturadagilar 15 kun içida masala körib çiqiladi deyişdi”, deydi Nozima Abdullayeva.

Betonlar olib taşlandi...
“Quriliş qilayotgan Bahodir aka aholiga tomda nima işlar qilinayotgani haqida heç narsa demadi. Yiğiliş ham qilgani yöq. Nima uçun betonlar olinyapti? Hamma hayron. Janjal kötarilganidan keyin tomdagi siniq şiferlarni almaştiryapmiz deyişga ötib oldi.
Tom ustiga nima qurmoqçisizlar deb savol bersak, heç kim javob bermayapti. Ustalar bilan qöşnilar gaplaşgan. Ular tomda 20 ta uy quriladi deyişgan”, deydi Sevara Abdulhamidova.

Özini şirkat boşliği deb taniştirgan va şu qurilişga boş-qoş bölib turgan Baxtiyor Ahmedov tomda mehmonxona qurilişi emas, yaroqsiz holatga kelgan şifer va beton bölaklarini almaştiriş işlari olib borilayotganini aytdi.

“Mana şu eskirib ketgan şiferlarni olib, yangisiga almaştiryapmiz. Çunki aholi şamolda şiferlar uçyapti deb bizga murojaat qilişgan. Tomni çiqindilardan tozalab, ta’mirlaş işlarini olib boryapmiz xolos.














