Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi
O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dastur doirasida binolar tomlariga quyosh panellari o‘rnatilib, qo‘shimcha "yashil" quvvatlarni yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda kelgusi ikki yilda 3 mingta kichik GES ishga tushirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingan.
"Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolarining tomlarini kamida 50 foiz quyosh panellari va geliokollektorlar bilan qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar va dastur ishlab chiqarish topshirilgan", – deya O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Qayd etilishicha, ushbu dastur qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish va an’anaviy energiya manbalariga qaramlikni kamaytirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, tashabbus doirasida energiya samaradorligi past bo‘lgan korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi va elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda issiqlikni tejash bo‘yicha rejalar ishlab chiqiladi.
2024 yilda O‘zbekistonda sal kam 11 ming jismoniy shaxs mamlakat energetika tizimiga 12 million 182 ming 90 kilovatt-soat quyosh energiyasini yetkazib berdi va davlat budjetidan 12 milliard 182 million so‘m miqdorida subsidiya oldi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi

09:00 / 09.01.2025
2025 yilda “Yashil bino” sertifikati joriy etiladi

07:40 / 13.09.2024