AQŞning Santa-Fe şahridagi (Texas ştati) örta maktabda mahalliy vaqt bilan soat 8 lar atrofida sodir etilgan otişma oqibatida 10 kişi, asosan öquvçilar halok bölgan.
Ma'lum qilinişiça, halok bölganlardan taşqari, öqotar jarohat olgan 10 kişi bor. Şerif Ed Gonsalesning ma'lum qilişiça, hujum qilganlar 2 kişi bölgan va ular qölga olingan.
Voqea joyida politsiya, maxsus xizmatlar, tez yordam brigadalari va şoşilinç xizmatlar xodimlari iş olib bormoqda.
Jurnalistlarning ma'lum qilişiça, bosqinçilardan biri, 17 yoşli Dimitrios Pagurti
san'at sinfiga kirib, miltiqdan öq uza boşlagan. Uning şerigi nima qilgani hozir aniqlaştirilmoqda. Ma'lum qilinişiça, bosqinçi şu maktabda tahsil olgan. Uni jinoyatni sodir etişga undagan sabablar hozirça noma'lumligiça qolmoqda.
Ma'lum qilinişiça, şuningdek, bir politsiyaçi halok bölgan. Maktabda portlovçi qurilmalarga öxşaş buyumlar aniqlangan.
Texasdagi maktabda sodir etilgan otişmaga Vaşingtonda munosabat bildirilgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda Santa-Fedagi otişma haqida ma'lum qilgan va “Voqea joyidan olingan ilk xabarlar juda qayğulidir”, deb qöşimça qilgan.
Texasdagi otişma AQŞ maktablarida öqotar qurol qöllangan holda sodir etilgan oxirgi 7 kun içidagi 3- va yil boşidan 22-holat böldi.












