Toşkent şahar IIBB JQB va Boş prokuratura tomonidan 7 kunlik çaqaloğini 4 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan ayol uşlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Toşkent şahar IIBBga poytaxt hududida ayol kişi özining şu yil 5 may kuni dunyoga kelgan qiz farzandini sotiş uçun mijoz qidirayotgani haqidagi xabar kelib tuşdi. Mazkur ma'lumot asosida Toşkent şahar IIBB Jinoyat-qidiruv boşqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi hamda Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida tezkor tadbir rejasi işlab çiqildi. Uşbu tezkor tadbir davomida Toşkent viloyatida tuğilgan 23 yoşli X.J. qölga olindi.
Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan («odam savdosi») jinoyat işi qözğatildi. Ona ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, çaqaloq mehribonlik uyiga joylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda avtosalonlardan birining direktori qölga olingani xabar qilingandi.













