Toşkent şahar IIBB JQB xodimlari pora evaziga avtomobil taklif qilgan şaxsni qölga oliş böyiça operatsiya ötkazdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Toşkent şahar IIBB Jinoyat-qidiruv boşqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan qölga kiritilgan ma'lumotga köra, poytaxtlik ikki şaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQŞ dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berişni taklif qilgani ma'lum bölgan. Ulardan biri bevosita şu sohaga aloqador şaxs ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining işçisi, 63 yoşli A.G. hamda uning şerigi – «Özavtotexxizmat» MÇJ avtosalonlaridan birining direktori M.U. qölga olindi.

Mazkur holat böyiça Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi («firibgarlik») va 211-modda 2-qismi («pora beriş») böyiça jinoyat işi qözğatildi.