15 mayda Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasida joylaşgan Aydarken (Qirğiziston) va Qöqon, Quvasoy (Özbekiston) yönalişlarida joylaşgan çegara postlari rahbarlari uçun qöşma maşğulot ötkazildi, deb xabar bermoqda Akipress.

Foto: Akipress

Qirğiziston Davlat çegara xizmati matbuot xizmati xabariga köra, qöşma maşğulot davomida ikki davlat çegaraçilari davlat çegarasida nizolarga yöl qöymaslik böyiça çora-tadbirlarni örganib çiqdilar, vaziyat keskinlaşgan holatlarda özaro hamkorlik qiliş könikmalarini oşirdilar, şuningdek, ziddiyatli vaziyatlarni qurol işlatmasdan hal qiliş imkoniyatlarini örgandilar.

Çegara brigadalari qöşma çegara uçastkasining murakkab uçastkalariga çiqib, u yerda nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaşdi. Ikki davlat çegaraçilari çegara zastavalari boşliqlarini özaro hamkorlik masalalarini yaxşilaş uçun har bir tomondan kelib tuşgan takliflarni muhokama qildilar.

Şuningdek, 2018 yil 16 may kuni Qirğiziston Davlat çegara xizmatining Öş va Jalolobod viloyatlari böyiça boşqarmasi uçastkalarida, Qirğiziston-Özbekiston davlat çegarasi uçastkasida çegaraning qöşma patruli ötkazildi.

Foto: Akipress

Ikki tomon çegara naryadlari davlat çegarasi böylab bir-biriga parallel ravişda yöl olişdi hamda çegaradagi vaziyatni baholaşdi. Söngra çegara vakillarining uçraşuvi davomida tomonlar çegaradagi vaziyatni tahlil qilib, muammoli masalalar yuzasidan birgalikda qaror qabul qilişdi.

Qayd etilişiça, ötkazilgan tadbirlar - Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi çegara idoralari rahbarlarining 2018 yil aprel oyi oxirida bölib ötgan uçraşuvida erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişidir.

Foto: Akipress

Eslatib ötamiz, Jalolobodda Özbekiston-Qirğiziston işçi guruhlarining uçraşuvi