Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Şerzod Şermatov Özbekistonda nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini boşlaş uçun imkoniyat zarurligini ta'kidlamoqda. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilgan.

«​Bu masalaning muhimligini quyidagi Jahon banki ma'lumotlari asosida tayyorlangan grafikda köriş mumkin. 1990 yilga nisbatan deyarli barça davlatlarda oliy ta'lim bilan qamrov darajasi oşgan, Özbekistonda esa bu körsatgiç pasayib, hozirgi vaqtda 9% atrofida taşkil etadi, ya'ni dunyoda 117-örin. Bu esa Global innovatsion indeksdagi Özbekistonning örniga juda salbiy ta'sir qiladi.

Bunday holatning (asosiy) sababi: aholi soni oşib borgan, lekin oliy ta'limga qabul kvotalari uşbu davr davomida deyarli ortmagan. Faqat yangi oçilgan çet el universitetlari hisobidan qabul soni köpaygan.

Masalaning muhimligini yana quyidagi omillar körsatadi:

  1. Prezidentimiz tomonidan jamiyatimiz rivojida xususiy sektorga keng imkoniyat yaratiş ustuvor vazifa qilib belgilangan ekan, xususiy sektor nafaqat boşlanğiç va maktab ta'limida, balki oliy ta'limga ham kirib kelişiga imkoniyat yaratilişi kerak;
  2. Dunyodagi eng yuqori reytingga ega universitetlar aynan nodavlat universitetlaridir. Ular özining obrösini oşiriş uçun sifatli bitiruvçi çiqarişga harakat qiladi;
  3. Özbekistondagi xorijiy universitetlar filiallarining ham köpçiligi nodavlat universitetlardir;
  4. Ta'lim sifatini nazorat qiliş böyiça inspeksiya tuzilişi ham bu yönalişda öziga xos qadamdir, ya'ni «diplom sotiş» bilan şuğullanadigan universitetlar faoliyatiga yöl qöyilmasligini nazorat qila oladi;
  5. Nodavlat universitetlar köpayişi bilan ular orasidagi raqobat kuçayişi natijasida ular ta'lim sifatiga alohida e'tibor beradigan böladilar;
  6. Nodavlat universitetlari sifatni oşiriş uçun yaxşi öqituvçilarni jalb qilişga harakat qilişadi, bu esa ularni maoşlari hamda şaroitlarini yaxşilaşga va hatto çet elda faoliyat yuritayotgan yuqori malakali professorlarimizni mamlakatimizga qaytarişga ham imkoniyat yaratadi;
  7. Iş beruvçilar ham bundan buyoğiga diplomdan köra aynan nomzodning bilim va könikmalariga köproq e'tibor qaratişyapti, şuning uçun xususiy universitetlarga kirgan talabalar özlarini ustida köproq işlaşga harakat qiladilar. Ularni heç kim «majburlab» öqitişi şart emas ba'zi davlat universitetlaridagi kabi;