Angliya Premer-Ligasida muxlislar va mutaxassislar e'tirofiga ko‘ra, «Sauthempton» yarimhimoyachisi Sufyon Bufal tomonidan urilgan gol mavsumda eng chiroyli deb topildi.

21 oktabr kuni 24 yoshli marokashlik «Vest Bromvich» darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etgan edi.