Silvio Berluskoni Italiya Vazirlar kengaşidagi sobiq kotibasidan 3 million yevro miqdorida meros oldi. Bu haqda La Stampa gazetasi xabar tarqatgan.

Yolğiz yaşagan Anna Ç. 20 kun muqaddam 88 yoşida vafot etgan, u ölimi oldidan advokatiga Berluskoni uçun «birgalikdagi hamkorlik uçun minnatdorçilik sifatida» meros qoldirişini aytgan. Naşrning qayd etişiça, marhuma katta bölmagan 3ta köçmas mulkka egalik qilgan, ikkita bank hisob raqami bölgan, «yaxşigina pensiya» olgan.

13 yanvar kuni Berluskoni özi 31 yil davomida egalik qilgan «Milan» klubini sotişda pul yuvganlikda ayblangandi. Naşrning yozişiça, klub uçun qöyilgan 740 million yevro miqdoridagi narx şubhalar keltirib çiqargan.

Berluskoni 1994-1995, 2001-2006 va 2008-2011 yillarda Italiya boş vaziri bölgan. 2010 yilda unga nisbatan «Rubi işi» boşlangan, unga köra boş vazir voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilişda ayblangan. 2015 yilda sud Berluskonini oqlagan, ammo u boş vazirlik lavozimiga qayta olmagan.

Siyosiy faoliyati davomida Berluskoniga nisbatan 80ga yaqin iş oçilgan, u 2,5 ming martadan ortiq sud eşituvlarida qatnaşgan. Uşbu siyosatçi korrupsiyada, mafiya bilan aloqalarda ayblangan, seksual mojarolar markazida qolgan. U aksar hollarda apellyatsion sudlarda ğolib çiqqan yoki unga nisbatan oçilgan işlar köp ötmay yopilgan.