KUN.UZ tahririyati tomonidan taqdim etilayotgan “Islom nuri” dasturi doirasida “Bir hadis şarhi” deb nomlangan kiçik körsatuv örin olgan. Şu munosabat bilan poytaxtning Xöja Alambardor jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov huzurida böldik.

Foto: Rahimberdi Rahmonov/Kun.uz

- Rasuli akram (s.a.v)dan bir hadis bor. Sarvari koinot yangi turmuş qurgan oilaning haqiga duo qilardilar. Ya'ni, “Parvardigor, ikki yoşning örtasini yaxşilik ila jam ayla”. 

Vaholanki, yangi turmuş qurgan oila uçun juda köp narsa kerak. Uzoq umr, tani soğlik, baxtu saodat, molu davlat... Lekin Muhammad (s.a.v) bitta narsani sörayaptilar - Parvardigor ikki yoşning örtasini yaxşilik ila jam ayla. Yoş er-xotinning örtasida, uning e'tiqodida, uning fe'l-atvorida yaxşilik bölsa, boşqa biz söramoqçi bölgan narsalarning barçasi uning ketidan keladi. 

Payğambarimiz alayhissalom aytadilar: “Rizqingizga sadaqa bilan kömak bering”. Sadaqa degan sözni odatda biz past ma'noda işlatamiz. Aslida, sadaqa sözi “sidq” sözidan olingan bölib, “yaxşilik” degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, payğambarimiz aytmoqçilarki, rizqingizga yaxşilik ila, ezgulik ila kömak bering. 

Bandaning rizqi bitib qöyilgan. Lekin banda yaxşiliklarga rağbat qilsa, taqdiriga bitilgan rizqqa ziyodalik kiradi. Hattoki, yaxşilikning natijasida bandaning uç kunlik umri qolgan bölsa, Alloh taolo uni 30 yilga çözib qöyişi mumkin. Umrimiz ziyoda böladi.

Suhbatning davomini quyidagi videolar orqali töliq tomoşa qiliş mumkin.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

Maqola Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasi asosida tayyorlandi.