Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” videoblogida haşarlar mavzusiga qonuniy izoh berildi.
Unda ta'kidlanişiça, ixtiyoriy-majburiy haşar taqiqlanadi. Umumxalq haşarlarimiz avvaldan bizga odatimizga kirgan bölsada, sönggi paytlarda köpayib ketmoqda. Şu masala yuzasidan 2018 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi 349-sonli qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, hokimlar, barça darajadagi davlat va höjalik boşqaruvi organlari rahbarlariga fuqarolarni, jumladan, ta'lim, soğlikni saqlaş muassasalari boşka byudjyet taşkilotlari hodimlarini, ta'lim muassasa öqituvçilari va talabalarni majburiy mehnatga obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq höjaligi işlari, metall çiqindilar va makalatura yiğiş, şuningdek, boşqa turdagi mavsumiy işlarga jalb qiliş holatlarining zudlik bilan oldini oliş va çek qöyişga, bunday holat röy berganda esa huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar beriş vazifalari yuklatildi.
Şu bilan birgalikda, yuqoridagi şaxslarni majburiy mehnatga jalb etgan mansabdor şaxslarga nisbatan kat'iy intizomiy jazolar qöllanilişi haqida ogohlantirildi.
Haşarlar qaçon va qay tartibda ötkaziladi?
Qarorga muvofiq, umumxalq haşarini ötkaziş yuzasidan faqatgina Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bölgan taqdirda, haşarda iştirok etadigan şaxslar mehnat qiladigan tegişli taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va havfsizlik normalariga kat'iy rioya etgan holda faqat ixtiyoriy tarzda taşkil etilişi va ötkazilişi mumkin. Biroq avtomobil yöllari , harakatlanişi tiğiz bölgan köçalar, suv obektlari, qirğoqböyi hududlar va zonalar, quriliş maydonlari, bino va inşoot tomlari, maxsus işlab çiqariş obektlari, şuningdek, insonning hayoti yoki soğligiga xavf tuğilişi yuzaga keluvçi boşqa joylarda ixtiyoriy taşabbus bilan haşarlar va boşqa işlarni ötkaziş qat'iy taqiqlanadi.
Xurmatli fuqarolar, uşbu holat yuz berganda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qiliş böyiça davlat-huquq mehnat inspektorlariga va Adliya vazirligining 1008 telefon raqamiga qönğiroq qilişingiz söraladi.










