19 may kuni Uluğnor tumani hokimligida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Prezident Özbekiston iqtisodiyoti juda oğir holatda ekani haqida aytib ötdi.

«Oltiariqdagidek Andijonda ham uzum qilsa bölmaydimi? 4 sotix yerga qança uzum qilsa böladi? Nega oltiariqliklarning 10tadan maşinasi bor. Çunki mehnat qiladi ular. Qayerda uzum bor bölib, sotolmayotgan bölsanglar, menga aytinglar, men sotib beraman.

Mana bugun «Obod qişloq» qilyapmiz. Hammma qarsak çalib, urre-urre qilyapti. Lekin «Obod qişloq»dagi uyda vaziyat özgarmasa, yeyişga ovqat bölmasa, kiyimi bölmasa, bolasiga kitobi bölmasa, bunaqa qişloq kimga yoqadi, kimga kerak bunday «Obod qişloq».

Hurmatli hokimlarimizga, faollarga hamma çoralarni «töqqiz puldek» tuşuntirib berdim. Endi odamlarni norozi qilsanglar, bu xiyonat böladi. Katta pul berdim, yetmasa yana beraman.

Oçiğini aytişim kerak, iqtisodiyotimiz juda oğir vaziyatda, juda oğir kunlarni boşdan keçiryapmiz. Qaniydi, qölimda bölsa, birinçi navbatda maktab öqituvçisining oyligini 10 baravar oşirib qöyardim. Men özim universitetda işlaganman, bu iş qançalik qiyinligini bilaman. Bizning eng katta xatoimiz maktablardagi öqituvçilarni yöqotdik. Maktablarda 11 yillik ta'limni qaytardik, ammo avvalgi domlalarni qaytara olmayapmiz. Xafa bölmasin heç kim, buni men aytmasam, heç kim aytmaydi, hozir avvalgidek domlalar yöq.

Ta'lim sohasida işimiz ança orqaga ketgan. Kollej, kollej, kollej dedik. Kimga kerak Qörğontepada, çölning örtasida marmar kollej? U kollejlarni qurişdan köra, maktabning domlasiga oylik beriş kerak edi. Endi bu kollejlar mutlaqo heç kimga kerak emas.

Bu sohada 16 yil işlaganman, juda yaxşi bilaman. Kollej kerak, faqat bitta tumanga bitta kerak. Tuman uçun talab bor mutaxassislarni tayyorlaş uçun kerak.

Avvalgi uçraşuvimizga bir yil ötdi. Bir yildan keyin ham qarsakbozlik qilişlaringni istamayman.

Yana bir marta qaytaraman, bugundan boşlab Andijonda talabçanlik 10 marta ortadi», deya prezidentning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.