Andijon viloyati Uluğnor tumani hokimligida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda.

Davlatimiz rahbari sözining boşida barçani Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati.

«Mamlakatimiz musulmonlarini, aziz xalqimizni Muborak Ramazon oyi bilan çin yurakdan tabriklayman. Rözadorlarga sihat-salomatlik,  sabr-qanoat tilayman. Yaratgandan barça savob işlarimizni öz dargohida qabul qilişini, yurtimizga fayzu baraka yoğdirişini söraymiz», — degan Şavkat Mirziyoyev.