Turkiya çempionatining sönggi turida «Galatasaroy» safarda «Göztepe» bilan bellaşib, 1:0 hisobida ğalaba qozondi. 

Yagona gol hujumçi Gomis tomonidan urildi. Natijada, «Galatasaroy» 75 oçko jamğarib, jadvalda «Fenerbaxçe» va «Istanbul BB» klublarini 3 oçko ortda qoldirib, çempionlik unvonini qölga kiritdi. Bu «Galatasaroy» tarixidagi 21-çempionlikdir.

Musobaqa yakuniga köra, «Galatasaroy» va «Fenerbaxçe» Çempionlar Ligasi, «Istanbul BB» va «Beşiktoş» Yevropa Ligasi yöllanmasini qölga kiritişdi. «Usmonlispor», «Gençlerbirligi» va «Qorabuyukspor» çempionatni tark etişdi.