Paragvay mamlakatning Isroildagi elçixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, bu AQŞ va Gvatemaladan söng şunday qarorga kelgan uçinçi davlat böldi.

Elçixonaning oçiliş marosimida Paragvay prezidenti Goratsio Kartes hamda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu iştirok etdi.

Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan Ğazo sektorining ma'muriy çegarasi hududida töplangani xabar qilingandi. Ayrim namoyişçilar çegara tösiğidan ötişga urindilar. Bundan taşqari, Al-Qudsda AQŞning yangi elçixonasi oçilişi falastinliklarning noroziligiga sabab böldi. Ğazo sektorining ma'muriy çegarasida sodir bölgan tartibsizliklarda halok bölganlarning soni 60dan oşib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Al-Quds işlari böyiça vazir Falastin bilan nizo qanday şartda töxtaşini aytgandi.