Eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotalarini ayirboşlaş hamda muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.
Nizomga asosan, muomaladagi 50 va 100 sömlik tangalar, şuningdek 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotalar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning örniga esa, 2018 yil namunasidagi 50 sömlik, 100 sömlik, 200 sömlik va 500 sömlik tangalar muomalaga çiqariladi.
2011 yil namunasidagi qiymati 500 söm bölgan tangalar muomalaga layoqatli.
Barça tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, şu jumladan aholi tomonidan topşirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotlarni heç qanday moneliksiz, çeklovlarsiz qabul qilişlari va heç qanday tölov yoki vositaçilik haqi undirmagan holda ularni ayirboşlab berişlari şartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartoçka hisobvaraqlariga kirim qiliş uçun qabul qilişlari mumkin ekanligi belgilandi.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalar hamda 50 va 100 sömlik eski namunadagi banknotalar uçun 2019 yil 1 iyulgaça, 200 va 500 sömlik eski namunadagi banknotalar uçun 2020 yil 1 iyulgaça bölgan muddatlar belgilandi.












