«AvtoVAZ» kompaniyasi rahbariyatining xabar berişiça, Lada Priora va Kalina avtomobillarini işlab çiqarişdan oliş böyiça rejalar bor. Bu haqda «Vedomosti» kompaniya öz sotuvçilari orasida tarqatgan xatga asosan xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, bu markadagi avtomobillarni işlab çiqarişdan iyul oyida olib taşlaş rejalaştirilmoqda. Bu bilan, xususan, Lada Priora’ning iyul oyiga möljallangan işlab çiqariş rejalarida yöq ekani tuşuntiriladi.
Şuningdek, iyul oyiga möljallangan işlab çiqariş rejasida Granta va Kalina modellari ham yöq. Ta'kidlanişiça, kompaniya rahbariyati restaylingga qadar bölgan modellar işlab çiqarişni töxtatmoqda hamda ularni X-yönalişida taqdim etişga tayyorgarlik körmoqda.
Lada Priora’ni işlab çiqariş 2007 yilda boşlandi, u bir qança vaqt davomida Lada modelidagi avtomobillar sotuvi reytinglarida yuqori poğonalarni ham egallab keldi.

















