Daimler konserni Fransiyaning Ambaşedagi zavodida Mercedes-Benz modellarini işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Işlab çiqarişni modernizatsiyalaş va kengaytiriş uçun kompaniya 500 mln yevro sarflaydi. Hozirda Ambaşeda Smart ForTwo yiğiladi.

Daimler vakillari Ambaşedagi zavodda qaysi model işlab çiqarilişini ma'lum qilişmagan, biroq bu Frankfurtda taqdim qilingan EQA elektr prototipining savdoga çiqariladigan varianti bölişi mumkin. Dastlabki ma'lumotlarga köra, bu elektrokar 2019 yilda seriyali işlab çiqarila boşlanadi.

Kontseptual xetçbek umumiy quvvati 272 ot kuçini taşkil qiluvçi ikkita elektromotor va 60 kilovatt-soatlik batareya bilan jihozlangan. EQA bir quvvatlanişda 400 kmgaça yöl bosa oladi.
Uşbu prototipning öziga xos jihatlari old çiroqlaridagi tolali lazerlar, harakatlaniş rejimiga köra taşqi körinişini özgartiruvçi virtual radiator panjarasi hisoblanadi.











