Şimoliy Koreyadagi poligonning yopilişiga uçib ketayotgan jurnalistlar samolyot bortida janubiy koreyalik hamkasblarini körişmagan.

Dastavval Şimoliy Koreyadagi Pxungeri yadroviy poligonining yopilişini 5 ta davlat: Janubiy Koreya, Xitoy, AQŞ, Buyuk Britaniya va Rossiya jurnalistlari yoritişlari közda tutilgan. Biroq Şimoliy Koreya 22 may kuni poligonning demontaj qilinişiga borişi kerak bölgan janubiy koreyalik jurnalistlar röyxatini uçinçi marta qabul qilişdan boş tortgan.

“Biz oxirgi bölib röyxatdan ötdik. Öylaşimça, ular röyxatdan öta olmaganlar”, deb aytgan Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi vakili. “Men ularni körmayapman. Körinişiça, ular Pekinda qolganlar”, deb aytgan boşqa muxbir. 

Poligonning yopilişiga jurnalistlarni olib ketgan samolyot yagona reys bölgan. Umumiy hisobda samolyotda 20 ga yaqin jurnalist bölgan.

Şimoliy Koreya yadroviy poligonni 23-25 may kunlari yopişni rejalaştirgan. Poligonga kiriş va uning atrofidagi barça obektlarni töliq yöq qiliş közda tutilgan.