AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama rafiqasi Mişel bilan Netflix servisi bilan kelişuv imzoladi va teleloyihalarga prodyuserlik qilmoqçi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanişiça, juftlik köp yillik şartnoma imzolagan. Unga köra Obamalar servis uçun filmlar va seriallar yaratiş bilan şuğullanişadi. Rejada hujjatli filmlar va seriallar yaratiş bor.

CNBC ma'lumotlariga köra, kontenti yaratiş bilan High Ground Productions kompaniyasi şuğullanadi. Obama va uning rafiqasi öz e'tiborlarini iste'dodli odamlarning ilhomlantiruvçi voqealariga qaratişmoqçi. Barak Obamaning aytişiça, u prezident bölgan vaqtda köplab iste'dodli şaxslar bilan uçraşişga muyassar bölgan va ular haqida butun dunyoga sözlab bermoqçi.