Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qoraqalpoğiston Respublikasidagi suv ta'minoti va sanitariya xizmatlarini yaxşilaş maqsadida 145 million dollar miqdorida zayom ajratadigan böldi. Loyiha 388 ming kişining (ularning yarmi ayollar va bolalar) suv ta'minoti va sanitariya xizmatlarini qamrab oladi, deya xabar beradi bank matbuot xizmati. 

"Qoraqalpoğiston Respublikasi uçun suv ta'minoti şaroitlarini yaxşilaş juda muhim, - dedi OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyo departament şaharsozlik böyiça boş mutaxassisi janob Xao Jang. - Suv ta'minoti va sanitariya tizimlarini modernizatsiyalaş odamlar, xususan 178 ming nafar ayol va bolalarning turmuş tarzi sifatini oşiriş imkonini beradi, ular uzluksiz ravişda markazlaştirilgan suv ta'minoti tizimiga ega bölişadi".

Ma'lumotlarga köra, hozirda hududdagi aholining bor-yöği 37 foizi markazlaştirilgan suv ta'minoti tizimidan foydalanadi, aholining 40 foizi esa haftasiga 6 soatdan kamroq suv xizmatlaridan foydalaniş imkoniga ega. 

Mazkur loyiha doirasida uç suv tozalovçi stansiya qurilişi, qayta tiklanişi va kengaytirilişi; 300 km suv quvurlari magistrallari qurilişi va qayta tiklanişi; 28 suv taqsimlovçi markaz qurilişi va reabilitatsiyasi; 900 km'ga yaqin suv taqsimlaş tarmoği qurilişi va qayta tiklanişi va suv iste'molini ölçovçi hisoblagiçlar bilan ta'minlaş işlari amalga oşiriladi.

Loyihani 2024 yilning iyuligaça amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Uning umumiy qiymati Özbekiston hukumatining 27,3 million dollarlik mablağlarini qöşganda 172,3 million dollarni taşkil qiladi.