«Elektron tijorat» sohasida innovatsion xizmatlar uçun dasturlar işlab çiqaruvçi AQŞning Openbucks Corp. kompaniyasi bilan Özbekistonda elektron savdoni rivojlantiriş böyiça özaro anglaşuv va hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga rasmiy taşrifi doirasida amalga oşirilgan.
Ma'lum qilinişiça, imzolangan hujjat bilan Özbekistonda elektron tijoratni rivojlantiriş uçun «yöl xaritalari»ni tayyorlaş va özbek tadbirkorlarining global savdo platformalariga hamda elektron tölov tizimlariga kirişini kengaytiriş rejalaştirilgan.
Özbekistonning Kremniy vodiysidagi elçisi etib tayinlangan Openbucks asosçisi Mark Roçman bundan ikki oy avval Özbekistonda «Elektron hukumat tizimini rivojlantiriş markazi, UZINFOCOM yagona integratori mutasaddilari bilan muzokaralar ötkazgandi.
Mutaxassis yaqin masofada kontaktsiz tölovlarni amalga oşiriş texnologiyasini rivojlantiriş, PayPal, Alipay, Visa hamda Mastercard kabi xalqaro tölov tizimlarini Özbekistonda joriy etiş böyiça tajribasi bilan örtoqlaşgan.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hududida elektron pul aylanmasini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjat 2019 yil 1 yanvargaça tayyorlanadi. Şundan keyin elektron tijorat kelişuvlarida elektron pullar, şu jumladan xorijiy elektron hamyondagi mablağlar orqali tölovlarni amalga oşiriş tartibi belgilanadi.
Bundan taşqari, Taşqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda yetakçi xorijiy savdo maydonçalari (ebay, Amazon va boşqalar), tölov tizimlari (Paypal) bilan muzokaralar ötkazişni taşkil etib, ötkazilgan muzokaralar yakuni böyiça mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga uşbu savdo maydonçalari va tölov tizimlari orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qiliş va hisob-kitoblarni amalga oşiriş imkonini yaratiş böyiça aniq takliflarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritişi kerak.
Eslatib ötamiz, Mark ötgan yili 29 noyabrda Toşkent şahridagi Inha universitetida ilk marta taşkil qilingan Silicon Valley Talks loyihasi doirasida ma'ruza öqigandi. IUT va AQŞning Openbucks korporatsiyasi 2017 yil sentabr oyida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga amaliy taşrifi doirasida ham özaro anglaşuv Memorandumini imzolagandi.













