Qişloq xöjaligini öz vaqtida qişloq xöjaligi texnikasi bilan ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Inson va qonun” naşri xabar bermoqda.

Mazkur qarorda 2018 yilda tumanlar kesimida qişloq xöjaligi texnikasini yetkazib berişning qöşimça hajmlari parametrlari, şuningdek, ularni moliyalaştiriş va yetkazib berişning grafiklari, buyurtmalar portfelini şakllantiriş va şartnomalar tuziş, qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqariş va yetkazib berişni moliyalaştiriş, şuningdek, qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilariga mexanizatsiyalaşgan xizmat körsatiş işlarini taşkil etiş sxemalari tasdiqlandi. 

Qarorga köra — 2018 yil 1 noyabrdan boşlab:

yetkazib beriladigan özi yurar qişloq xöjaligi texnikasi amalga oşirilayotgan agrotexnika tadbirlarini real vaqt rejimida nazorat qiliş imkonini beruvçi zamonaviy avtomatlaştirilgan navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimi bilan jihozlanişini ta'minlanadi.

2020 yil 1 yanvargaça esa:

“Özagroservis” AJ maşina-traktor parklarining barça özi yurar qişloq xöjaligi texnikasi navigatsiya va monitoring (GPS navigatsiya) tizimi hamda hisobga olişning boşqa texnik vositalari bilan jihozlanadi.

Şuningdek, trener-instruktorlarni, qişloq xöjaligi texnikasi operatorlarini, şuningdek, ularni ta'mirlaş böyiça mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça öz poligoniga ega bölgan model öquv markazini taşkil etiş;

kasb-hunar kollejlarida zamonaviy qişloq xöjaligi texnikasini boşqariş böyiça mutaxassislar tayyorlaş uçun öquv rejalari va dasturlarini işlab çiqiş;

operatorlarni yangi turdagi qişloq xöjaligi texnikasida işlaş uçun qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, şuningdek, qişloq xöjaligi texnikasidan foydalaniş va ularga servis xizmatlari körsatiş böyiça mutaxassislar uçun hududiy kurslar taşkil etilişi yuzasidan mas'ul mutasaddilar tomonidan hukumatga takliflar kiritilişi belgilangan.