Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori Akmal Saidov hazilomuz tarzda yevropaliklarga Özbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olişni taklif qilganini esladi. 

«Yevropa Ittifoqi davlatlarida qamoqxonalar tölgan. Hattoki Belgiya hukumati Niderlandiyadan özidagi mahbuslar uçun qamoqxonalarni ijaraga berişni söragan. Men bir safar hazillaşib aytgandim, agar narxiga kelişa olsak, biz joy beramiz», – deya Saidovning Toşkentda ötkazilgan brifingdagi sözlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.

Saidovning sözlariga köra, «respublikada ötkazilgan islohotlar» samarasi ölaroq, Özbekistonda mahbuslar soni 2,5 barobar qisqargan.

«Bugungi kunda bizda qamoqxonalar 80 foizga tölgan, voyaga yetmaganlar uçun koloniyalar 20 foizga tölgan. Bu fakt qamoqxonalardagilar miqdori qançalik kamayganini körsatadi», – deya qöşimça qilgan u.

Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda har 100 ming kişiga 122 nafar mahbus töğri keladi. Saidovning qayd etişiça, bu MDH davlatlari orasida eng past körsatkiç, bu AQŞdagidan 2-3 barobar pastroq körsatkiçdir.