Isroil 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvçi samolyotlarini harbiy harakatlarda qöllagan ilk davlat böldi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
«Biz F-35 samolyotlarini hujum maqsadidagi harbiy harakatlarda qöllagan ilk davlat böldik», — degan Isroil harbiy-havo kuçlari boş qömondoni Amik Norkin.
Uning sözlariga köra, bunday holat «ikki turli frontlar»da kuzatilgan. Norkin F-35 Lightning II samolyotlari bundan keyin Yaqin Şarqdagi amaliyotlarda doimiy ravişda iştirok etişini qöşimça qilgan.
Isroil AQŞga 50ta F-35A Lightning II qiruvçi samolyotlari buyurtma qilgandi. 2016 yildan boşlab uşbu samolyotlar yetkazib berişi boşlangan.
F-35 Lightning II samolyoti F-22 Raptor’dan keyin beşinçi avlodga mansub ikkinçi seriyali qiruvçi hisoblanadi. F-35 ni yaratiş böyiça dastur AQŞga qariyb 500 milliard dollarga tuşgan.












