22 may kuni Afğoniston poytaxti Kobul va Turkiyaning Istanbulini boğlovçi yangi havo yölagi oçildi. Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi aeroportda ötgan oçiliş marosimida Afğoniston savdo va sanoat vaziri Humoyun Rasa, qişloq xöjaligi vaziri Nosir Ahmad Duroniy, Turkiyaning Kobuldagi elçisi Öuzxon Ertugrul, Turkish Airlines aviakompaniyasi vakili Axmet Uludağ qatnaşdi.

Foto: trtarabic.tv

Humoyun Rasaning aytişiça, Afğoniston Turkiya bilan savdo sohasida hamkorlikni kengaytirmoqçi. Uning ta'kidlaşiça, afğon mahsulotlari, jumladan marmar Turkiyada katta talabga ega. Vazir Afğonistonda turkiyalik sarmoyaçilar uçun qulay şaroitlar yaratilişini qöşimça qilgan. 

Ma'lum qilinişiça, Kobuldan ilk reys orqali Istanbulga 15 tonna quruq meva hamda gilamlar yetkazib beriladi.