Military Watch Magazine naşri ekspertlarining fikriça, S-500 «Prometey» zenit raketa kompleksi Rossiya uçun «bebaho aktiv»ga aylanadi.
Ta'kidlanişiça, S-500’ni seriyali işlab çiqarişni boşlaş Rossiya uçun strategik ahamiyatga ega masala. Sababi ğarb davlatlari gipertovuşli va qit'alararo ballistik raketalarni işlab çiqarişga «oşirilgan stavka qöyişdi».
Ekspertlarning fikriça, ruslarning yangi zenit raketa majmualari gipertovuşli raketalar hujumini bartaraf etişi mumkin. Şu bilan birga, ular bunday imkoniyatlarga ega dunyodagi birinçi tizimga aylanadi.
S-500 «yer-havo» yangi avloddagi zenit raketa tizimlari sirasiga kiradi. U uzoq masofalar va raketalarga qarşi mudofaa salohiyatiga ega, yuqori tutib olişga möljallangan universal kompleks ekani aytilyapti. Şuningdek, u ballistik raketalarni ham tutib olişga qodir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada yadroviy qurilmaga ega raketalar muvaffaqiyatsiz sinovdan ötkazilgani xabar berilgandi.












