Özbekistonda ilğor xorij tajribasini (XXR, Gruziya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va boşqa davlatlar) hisobga olib, haydovçilarni javobgarlikka tortadigan va rağbatlantiradigan zamonaviy balli tizim joriy etiladi. Bu 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yul harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oşiriş böyiça "Yöl xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan ball töplab boriş tizimini joriy etişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi:
har yili haydovçilik guvohnomasiga 12 ball yoziş. Bu ballar qoidabuzarlik turiga qarab kamayib boradi (ya'ni, agar haydovçining qoida buzişi 12 ballga yetsa, u haydovçilik huquqidan mahrum etiladi);
ball tizimini qöllaşda differensial yondaşuv (ya'ni, jarima ballari Yöl harakati qoidalari qançalik oğir buzilganligiga qarab belgilanadi);
muayyan vaqt içida Yöl harakati qoidalarini buzmagan haydovçilarni rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş.












