Instagram'ning yangilangan 46.0 versiyasida foydalanuvçilarga xuş kelmaydigan yoki ularni haqorat qiluvçi şarhlarni filtrlovçi yangi imkoniyat paydo böldi. RG Digital şu haqida xabar berdi.
"Bizning rahbariyatimiz Instagram'da nojoiz sözlarni qöllaşni taqiqlaydi va biz bu muammoni bartaraf etiş uçun barça sa'y-harakatlarimizni işga solamiz", - deyişdi işlab çiqaruvçilar.
Instagram vakillari yangi funksiya ijtimoiy tarmoqdan foydalanişni yanada yoqimli qilişi va vaziyatni yaxşilaş imkonini berişini va'da qilişmoqda.
Manbaga köra, mute tugmasi ma'lum bir foydalanuvçilar sahifasiga obunani bekor qilmay turib, ularning postlari va tarixlarini yaşiriş imkonini beradi.
Yangi funksiyani faollaştiriş uçun foydalanuvçi surati yoki uning profili tepasidagi (öng tomonda) "..." belgisini bosiş kerak. Rejimni öçiriş ham xuddi şunday profil orqali amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, qöllaş mumkin bölmagan sözlar röyxatini tuziş yoki standart röyxatdan foydalaniş mumkin.
"Rad etilgan" akkaunt bundan xabar topmaydi, deyiladi xabarda.

















