“Islom nuri” dusturining yettinçi sonida “Qalb rözasi” mavzusida söz boradi. Köpçilik uçun birinçi marta eşitilayotgan bu jumlaning asl mohiyati haqda poytaxtning “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Abdulhamid Jumanov gapirib berdi.
YouTube'da köriş
Tas-IX'da köriş
Ramazon oyi bir yilda bir marta keladigan oy. Şu bois bu oyga taalluqli mavzular ham takrorlanib keladi. Ramazon oyining ismlari juda köp, ulardan biri “Ramazon şahrut tarbiya” oyi deb nomlanadi. Tarbiya insonning xulqini, odobini gözal qiladi. Haromdan tiyilişlikni va Alloh taoloning böyruğiga böysunişlikni örgatadigan tarbiya oyi.
Alloh subhanohu va taolo muboh qilgan: yeyiş, içiş va halol yöl bilan şahvatni qondirişlikdan Alloh roziligi uçun tongdan quyoş botgunça tiyilişimiz röza deyiladi. Lekin Rasululloh (s.a.v)ning hadislaridan bizga ma'lum böladiki, payğambar (s.a.v) aytadilar: “Kimda kim yolğon gapini, böhtonlarini, tuhmatlarini, şunga öxşagan narsalarni taşlamaydigan bölsa, unga amal qilişlikni taşlamaydigan bölsa, şuning ortidan ergaşib, şunga muvofiq yaşaşlikni taşlamaydigan bölsa, Alloh taologa uning taomni, suvni taşlaganligining hojati yöq. Bu narsani Alloh huzurida e'tibori yöq”.

Demak, yuqorida aytganimizdek yeyiş, içiş va halol yöl bilan yaqinlikdan tiyiliş jismning rözasi bölsa, şu bilan birga, ruhning, qalbning rözasi ham bor. Qalbning rözasi Alloh taolo man qilgan yolğon gapirişdan tiyiliş. Yolğon gapiriş mömin-musulmon uçun röza bölmagan paytda ham harom qilingan. Undan keyingisi ğiybat. Ğiybat öz birodarining göştini tiriklayin yeyiş ekanligi haqida Alloh öz kitobida bayon qildi. Payğambarimiz (s.a.v) ham uning katta gunoh ekanligi bayonini keltirdilar.
Xullas, til bilan qilinadigan jamiki gunoh borki, bularning barçasini şariat harom qildi. Ramazon oyi biz uçun imkoniyat, biz uçun fursat. Biz boşqa oylarda ğiybatdan, çaqimçilikdan, sökinişdan tiyila olmadik. Çunki bu gunohlar kişi köziga yaxşi bölib körinadi. Lekin Ramazon oyida Alloh taolo bizga bir fursatni, bir imkoniyatni – özgarişlik imkoniyatini beryapti.










