Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) sobiq öyinçisi Glen Devis oğir tan jarohatlari yetkaziş böyiça ayblov bilan hibsga olindi.

TMZ Sports ma'lumotiga köra, aprel oyida basketbolçi erkak kişi bilan janjallaşib qolgan va uni maşinada bosib ketişga uringan. Devis buni qila olmaganidan söng, avtomobildan çiqqan va jabrlanuvçini döpposlagan.

Erkak yuzidagi köplab jarohatlar va qovurğalari singan holda şifoxonaga olib ketildi. 18 may kuni MBAning 2007/08-yilgi mavsumdagi çempioni hibsga olindi. Hozir uni 50 ming dollarlik garov puli evaziga qöyib yuborişdi.
Fevral oyida Devis giyohvand moddalarni saqlaş va tarqatiş böyiça iş yuzasidan hibsga olingandi.











