Dizayn

    Uybor’ning yangilangan zamonaviy dizayni sayt foydalanuvçilarini mamnun qilişi aniq. Ayniqsa, mobil qurilmalar uçun möljallangan yangiça qiyofadagi interfeys orqali kerakli ma'lumotlarni yanada qulayroq izlaş yohud joylaştiriş mumkin.

    Foto: Uybor
    Foto: Uybor

    Tezlik

     

    Uybor yanada tezroq va samaraliroq işlay boşlamoqda. Dastur qaytadan yozilgan bölib, kattaroq tezlikni ta'minlaydi. Bundan taşqari, portal endilikda yanada kengroq auditoriyaga xizmat qila oladi.

    1. Uy izlovçilar uçun yangi imkoniyatlar

    Yangi inşootlarni topiş yanada osonroq: Yangi qurilgan binolarni qidirişda maksimal qulaylik yaratiş maqsadida, endilikda Uybor’da e'lon joylaştiruvçi ilğor developerlar va ularning yaşaş majmualari sahifasiga asosiy menyu orqali töğridan-töğri ötiş mumkin.  

    Uylar haqida batafsil, köproq ma'lumot: Toşkent şahrida joylaşgan turar-joylarni izlovçi mijozlar uçun qöşimça ma'lumotlar taqdim etila boşlandi. Masalan, mavjud uylar yaqinidagi hududda qanday maktab, boğça, supermarket, metro bekati yoki boşqa infratuzilmalar joylaşganligi yangilangan Uybor’da körsatib ötiladi.  

    Karta orqali qulay qidiruv imkoniyati: Yandex xaritasi yordamida foydalanuvçi uy izlaşi, şuningdek, istalgan hududni çizib, uning içidagi uylarni közdan keçirişi yanada osonlaşdi.  

    1. Uy sotuvçi yoki ijaraga beruvçilarga yangi imkoniyatlar

    E'lon joylaştiriş soddalaşdi: Avvallari Uybor portalida e'lon joylaştiriş uçun ikkita qadamni amalga oşiriş zarur edi:  birinçi röyxatdan ötilib, elektron manzilni kiritiş talab etilar edi. Keyin esa e'lon joylaştirilar edi.