Özbekistonda valyuta muomalasini tartibga soliş, yuridik va jismoniy şaxslarning çet el valyutasini erkin sotib oliş va sotişlarini töliq ta'minlaş böyiça keng kölamli islohotlar olib borilmoqda. Afsuski, şunga qaramay, naqd xorijiy valyutalarni qonunga xilof tarzda ayirboşlaş bilan şuğullanayotgan şaxslar ham uçrab turibdi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qömitasining Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana şunday şaxslarning qinğir qilmişi foş qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtning Olmazor tumani hududida tungi vaqtda ötkazilgan mazkur tezkor tadbir davomida fuqarolar Ş.B hamda P.X. xaridorga 8500 AQŞ dollarini “qora bozor” kursida 8100 sömdan hisoblab, jami 68 mln. 850 ming sömga sotişayotgan vaqtda qölga olindi.

Hozirda aşyoviy dalil sifatida olingan 8500 AQŞ dollari uşbu holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtinça saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.

Tekşiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.