4 noyabr kuni Tojikiston milliy banki valuta kursi böyiça bir martalik narx şakllantirişni amalga oşirdi. Oqibatda, milliy valuta somoni dollarga nisbatan qariyb 10 foizga qadrsizlandi va 1 dollar narxi 10,33 somonidan 11,3 somonigaça kötarildi. Öşa kuni somoni nafaqat dollarga nisbatan, balki Rossiya rubli va yevroga nisbatan ham keskin qadrsizlandi. Somonining rublga nisbatan rasmiy kursi bir sutkada 11,8 foiz (0,127 dan 0,422 somonigaça), yevroga nisbatan esa 9,2 foiz (12,04 dan 13,15 somonigaça)ga pasaydi.

Şu tariqa, joriy yil boşidan buyon Tojikiston milliy valutasi dollarga nisbatan 16,6 foizga qadrsizlandi. 2019 yilda somoni dollarga nisbatan atigi 2,8 foizga qadrsizlangan edi.

Tojikiston milliy banki yangi narx şakllantirilişini banklardagi rasmiy kurs va «qora bozor»dagi narxlar örtasida mavjud bölgan sezilarli farqni bartaraf etiş zarurati bilan izohladi. Şuningdek, mamlakat taşqi savdo aylanmasining salbiy saldosi, pandemiya oqibatida xorijdan pul ötkazmalari va investitsiyalar oqimi pasayişi sabab qilib körsatildi.

Bundan taşqari, mazkur iş mamlakat bank tizimi orqali pul oqimining köpayişiga, çet eldan pul ötkazmalarini yuboruvçilar manfaatlarini himoya qilişga, pul operatsiyalarining şaffofligini ta'minlaşga va dollarning bankdan taşqari aylanişini kamaytirişga imkon beradi, deb izohlandi.

Tojikiston milliy banki aslida rasmiy kursni belgilaş uçun etalon sifatida «qora bozor»dagi narxlarni oladi. 4 noyabrgaça rasmiy kurs va «qora bozor» kursi örtasidagi farq allaqaçon 10 foizga yetgan edi. Milliy bank ana şu 10 foizlik farqni yöqotiş uçun dollarning rasmiy kursini kötarişga majbur böldi.

Yangi kurs şakllantirilganda, somonining dollarga nisbatan rasmiy va bankdan taşqari kursi örtasidagi (ya'ni «qora bozor»dagi) farq 2 foizdan oşmasligi belgilab qöyildi.

Tojikiston milliy banki joriy yil 20 martda ham milliy valutaning AQŞ dollariga nisbatan yangi narxini şakllantirgan edi. Öşanda milliy bank tomonidan somoni sun'iy qadrsizlantirilib, rasmiy va norasmiy kurs örtasidagi farqni yöqotiş uçun dollar narxi 5 foizga oşirilgandi.

«Qora bozor»
Bugun Tojikistonda valuta ayirboşlaşning «qora bozor» körinişi juda rivojlangan. Bu bozorda faoliyat olib borayotgan şaxslarning asosiy qismini 2016 yilgaça qonuniy tarzda valuta ayirboşlaş şoxobçalari oçib işlagan şaxslar taşkil etadi.