Özbekistonga taşrif buyuruvçi çet ellik sayyohlarning mamlakatimizda sayohat qiliş vaqtini uzaytiriş, mahalliy turistlar uçun dam olişning yangi turlarini tatbiq etiş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan agroturizmni rivojlantiriş ustida işlar olib borilmoqda.
2018 yil uçun davlat dasturining 104-punkti - Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalar ijrosi maqsadida 4 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantiriş dasturi" tasdiqlandi.
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Fransiyada yaxşi rivojlangan. Bu mamlakatlarga borgan sayyohlar muayyan vaqt davomida qişloq joylarda yaşab, mahalliy xalq madaniyati, urf-odatlari, turmuş tarzi bilan tanişişadi, an'anaviy qişloq xöjalik işlarida iştirok etişadi. Masalan, Buyuk Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravişda daromad olişni yölga qöyişgan, örtaça yillik daromad 10-50 ming AQŞ dollarini taşkil qiladi.
Hozirda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan agroturizm yönalişi böyiça sayyohlarni qabul qiliş imkoniga ega obektlarni örganiş işlari boşlab yuborildi, şu asosda ularning röyxati şakllantiriladi.
Ta'kidlaş joizki, qömitaning rasmiy sahifasi va ijtimoiy tarmoqlarda turoperatorlar dastur tuzişlari va sayyohlar mustaqil ravişda taşrif buyurişlari uçun agroturizm obektlari haqida batafsil ma'lumotlar berib boriladi. Xorijiy va mahalliy sayyohlar bu obektlarga bevosita taşrif buyurib, turizm sohasidagi yangiça yondaşuvdan zavq olişlari mumkin böladi.
Agroturizm sohasida öz takliflariga ega bölgan va uşbu yönalişda faoliyat olib boriş istagida bölganlar qömitaning telegramdagi @Agroturizmuzbekistan guruhiga qöşilişi mumkin. Bu guruhda agroturizm sohasidagi yangiliklar, agroturizm obektlari röyxati, statistik ma'lumotlar, innovatsion ğoyalar va taşabbuslarga oid xabarlar berib boriladi.












