AQŞ hukumati KXDRga qarşi yangi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda, ular haqida kelasi hafta boşida e'lon qilinişi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal Amerika ma'muriyatidagi manbaga asosan xabar bergan.

Gazeta ma'lumotlariga köra, yangi sanksiyalar milliy xavfsizlik kengaşining payşanba, 24 may kungi yiğilişida muhokama qilingan. Manba sözlariga qaraganda, Qöşma Ştatlar hukumati «önlab yangi sanksiyalar» joriy etiş ehtimolini örganib çiqyapti.

Ta'kidlanişiça, yiğilişda harbiy aralaşuv imkoniyati ham muhokama etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR hamon AQŞ bilan munosabatlarni yaxşilaş tarafdori ekani va Amerika rasmiylari bilan uçraşuvni istalgan vaqtda hamda istalgan şaklda ötkazişga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi.