Xalq deputatlari Baliqçi tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirokidagi sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.
Tuman hokimi Ötkirbek Öktamjonoviç Bektemirov soğligi tufayli işdan ozod qilingan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, şu vaqtgaça viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari-qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan Jasurbek Odiloviç Abdurayimov tumanning yangi hokimiga aylangan.

Foto: andijan.uz

Jasurbek Abdurayimov 1979 yil Andijon viloyati Baliqçi tumanida dunyoga kelgan. 2000 yili Andijon qişloq xöjalik institutini tamomlagan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - agronom.
U 2001 yildan buyon Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelgan, 2017 yilda Andijon viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgandi.
Ma'lumot uçun, Jasurbek Abdurayimovning otasi Odiljon Abdurayimov ham öz davrida Baliqçi tuman hokimi keyinçalik Andijon viloyat hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan
Qayd etiş kerakki, Baliqçi tumani Andijon viloyatining hududi jihatidan eng katta tumanlaridan biri hisoblanadi.











