Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev fuqarolarni iş bilan şuğullanişga va professional bölişga çaqirdi, deya xabar beradi Tengrinews.kz.
Bundan avval Qozoğiston rahbari tadbirkorlik faoliyati masalalari böyiça tuzatişlarni imzolagandi. Keyinçalik, prezident matbuot xizmati Nazarboyevning xalqqa videomurojaatini e'lon qildi.
"Bu hozir – biz “Beşta ijtimoiy taşabbus”ni qabul qilayotganimizda amalga oşgani yaxşi böldi. Hozirda kam ta'minlanganlar uçun ipoteka uy-joyi qurilişi boşlanmoqda, talabalar yotoqxonalari barpo etiladi, mikrokreditlarning oşişi ta'minlanadi. Bularning bari – biznes uçun juda katta imkoniyatlar, jumladan obektlarni xususiylaştiriş ham. Şuning uçun barça qozoğistonliklarni yana bir bor işlaşga çaqiraman. Işlayotgan odam ipotekaga uy ham oladi, universitetlarda ham ta'lim oladi, öz oilasi, hayoti farovonligini ham oşiradi. Qozoğiston şaroitida, işlayotgan odam, yomon yaşaşi mumkin emas", - degan prezident.
"Gap iş beriş haqida emas, gap kasb borasida boryapti. Barça professionallarni, işlaşni biladiganlarni qidiradi. Biz ikki yildan beri barça yoşlarga möljallangan dasturni amalga oşirayotganimizdan foydalanib qoliş kerak. Ya'ni, bugun kasbi bölgan, işlaşni biladigan odam kerak, şunçaki işga joylaşib olib, işli böldim, deb hisoblaydiganlar emas", - deya qöşimça qilib ötgan Nursulton Nazarboyev.












