14:13 / 25.05.2018
11462
Reklama

O‘zbekistonda dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari uchun tara va blisterlar tayyorlashda qo‘llanadigan plyonka ishlab chiqarilmoqda

O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha jabhalarida jadal islohotlar olib borilmoqda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar taqdim etilayotgani sababli turli ishlab chiqarish korxonalari ko‘payib, mavjudlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirmoqda. Ular orasida mustaqillikning ilk yillaridanoq uzoqni ko‘ra bilgan tadbirkorlar, korxonalar ham yo‘q emas. 

Foto: DOVON
Foto: DOVON
Foto: DOVON

Shunday firmalardan biri bu “DOVON” mas'uliyati cheklangan jamiyatidir. Poytaxtning Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan firma 1994 yildan buyon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi. Kompaniya salkam chorak asrlik ish tajribasi natijasida mijozlar va hamkorlar orasida hurmat qozongan. U qadoqlangan mahsulotlarni o‘rash uchun maxsus plyonkalar, issiqxonalar uchun plyonkalar, streych plyonkalar ishlab chiqarishdan tashqari, bugungi kunda yangi mahsulotni ham yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan. 

“DOVON” MChJ zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatga hamohang ravishda PVC (polivinilxlorid-PVX) plyonkalarni ham ishlab chiqara boshladi. 

Foto: DOVON
Foto: DOVON

Kompaniya rahbariyati kelajakka yuksak ishonch bilan qaragani sababli ishlab chiqarish jarayonini ham eng yuqori sifat darajasida jihozlagan. Bu yerda ishlab chiqiladigan PVX aynan farmatsevtika sanoatida qo‘llashga mo‘ljallangani sababli alohida maxsus xonalarda o‘ram shakliga keltiriladi. Import o‘rnini bosuvchi PVXdan ishlab chiqilgan plyonkalardan farmatsevtika sanoatida ampulalar, tabletkalar va kapsulalarni, shuningdek oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini qadoqlashda ham foydalaniladi. 

Foto: DOVON

Bundan tashqari, PVX plyonkalari xalq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlashda ham keng qo‘llanilib, bir martalik stakanlar, idishlar va lunch-box’lar ham ishlab chiqiladi. 

“DOVON” MChJ, menejyer Nuriddin Abdullayev 

Murojaat uchun: +998909292264
                           +998983097050
Veb sayt: www.plenka.uz 
100209, Toshkent shahri, Sergeli tumani, 
Jaloyir ko‘chasi 2

Reklama huquqi asosida

Top