Şimoliy Koreya 24 may kuni Pxungeridagi yadroviy poligonini töliq buzib taşladi. Bu haqda Şimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Xabarda aytilişiça, poligon buzilişi vaqtida atrof-muhitga radiatsiya tarqalmagan.

“Yadroviy poligon barça tunnellar portlatiş yöli bilan töliq buzilib, ularga kirişni butkul yopadigan qilib yöq qilingan. Şu bilan birga qöriqlaş obektlari va kuzatuv postlari ham portlatilgan”, deb aytilgan xabarda.

Pxungeri Şimoliy Koreya yadroviy dasturining eng muhim obektlaridan biri hisoblangan. 2006 yildan 2017 yilgaça bu poligonda oltita yadroviy sinov, jumladan termoyadro bombasi sinovi ötkazilgan.

Yadroviy poligonning buzilişini 5 ta davlatdan taklif qilingan jurnalistlar kuzatib borişgan.