Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning shiorlari e'lon qilindi.

Rossiya - «Ochiq qalb bilan o‘yna»
Urugvay - «Rossiya moviy osmonida quyoshimiz porlaydi»
Misr - «Fir'avnlar gapirilsa, dunyo tik turib eshitsin»
Serbiya - «Bir jamoa, bir orzu – Serbiya»
Xorvatiya - «Kichik mamlakat, katta orzular»
Islandiya - «Keling, orzumizga yetaylik»
Belgiya - «Qizil iblislar» topshiriqqa otlandi»
Argentina - «Birgalikda orzu sari»
Kosta-Rika - «Butun mamlakat o‘ynasa, imkonsiz narsa qolmaydi»
Senegal - «Ilojsizlik – bu senegalcha emas»
Braziliya - «5 yulduz, 200 million qalbdan ham kattaroq»
Yaponiya - «Ko‘k samuraylar, jangga otlaning!»
Germaniya - «Keling, birgalikda tarixni yozamiz»
Tunis - «Burgutlar Rossiya sari parvozda – muxlislar va futbolchilar, qo‘lni-qo‘lga beringlar»
Saudiya Arabistoni - «Sahro jangchilari»
Polsha - «Olg‘a, Polsha!»
Meksika - «Meksikada tug‘ilganlar, g‘alaba uchun yaralganlar»