Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeyms Bond haqidagi 25-filmni suratga olish dekabrda boshlanadi
Jyeyms Bond haqidagi yangi, 25-filmni suratga olish ishlari joriy yilning dekabr oyida boshlanadi. Filmga ssenariyni "Oskar" mukofoti laureati Jon Xoj yozib beradi. Bu haqda film ijodkorlari tvitterda xabar bergan.
"Jyeyms Bond haqidagi 25-film, biz seni kutgandik. Deniel Kreygning 007 agenti rolida beshinchi marta paydo bo‘lishiga Amerika kinosan'atlar akademiyasi mukofoti laureati Denni Boyl rejissyorlik qiladi. Film ustidagi ishlar 2018 yilning 3 dekabr kuni boshlanadi", - deyiladi xabarda.
Joriy yilning martida Boyl kinolenta ustida ishni tez orada boshlashni rejalashtirayotgani, u yil oxiriga qadar katta ekranlarga chiqishi kerakligini ma'lum qilgandi. Rejissyor filmning dastlabki nomini ham aytgan - "Jyeyms Bond - 25".
Jyeyms Bond haqidagi birinchi film - "Doktor Nou" (Dr. No) 1962 yilda ekranlarga chiqqan. Eng so‘nggi "bondiana" - "007: SPeKTR" (Spectre, 2015) esa jahon prokatida 880 mln dollar ishlab oldi. Unga Sem Mendes rejissyorlik qilgan.
Mavzuga oid
16:14 / 08.12.2025
Aston Martin yarim asr uyda zanglab yotdi, endi esa u million funtga baholanmoqda
22:11 / 23.09.2021
Aktyor Deniel Kreygga o‘z qahramoni Jyeyms Bond kabi faxriy kommander unvoni berildi
22:14 / 27.01.2021
Jyeyms Bond haqidagi film premerasi Nokia smartfoni sababli kechiktirildi
23:33 / 11.08.2020